Venda

Maxfiylik siyosati

Kuchga kirgan sana: 2026-yil 28-noyabr

Ushbu siyosat Venda ilovasi (Android, iPhone, Windows) va veb-sayti qanday ma'lumotlarni yig'ishi, nima uchun, qayerda saqlashi, qancha vaqt saqlashi va qanday o'chirish mumkinligini tushuntiradi. Biz faqat ilova ishlashi uchun kerak bo'lgan ma'lumotlarni yig'amiz.

1. Biz kimmiz

Venda'ni O'zbekiston Respublikasi jismoniy shaxsi Xudoyorov Sarvarbek ishlab chiqadi va boshqaradi ("biz").
Aloqa: venda.support@gmail.com.

2. Ma'lumotlar kimga tegishli

Venda — bizneslar (telefon do'konlari) uchun vosita. Venda'dan foydalanadigan har bir do'kon o'z biznes ma'lumotlarining egasi: savdolar, ombor, kassalar, qarzlar va o'z mijozlarining ma'lumotlari. Nimani kiritishni do'kon o'zi hal qiladi va buning qonuniy asosi uchun (masalan, mijozlarini xabardor qilish) o'zi javob beradi. Biz bu ma'lumotlarni faqat do'kon nomidan, xizmatni ko'rsatish uchun saqlaymiz va qayta ishlaymiz, hech qachon o'z maqsadlarimizda ishlatmaymiz.

Do'kon egalari va hodimlarining hisoblari hamda xatolik hisobotlari quyida yozilganidek ishlatiladi.

3. Nimani yig'amiz va nima uchun

Ma'lumotNima uchun kerak
Hisob ma'lumotlari (do'kon egalari va hodimlar): login, parol (faqat xavfsiz xesh ko'rinishida), ism-familiya, telefon raqami, roli va biriktirilgan kassaTizimga kirish, har bir do'kon ma'lumotini alohida saqlash va har bir savdo yoki to'lovni kim qilganini ko'rsatish uchun
Biznes ma'lumotlari (do'kon kiritadi): mahsulot va modellar, har bir telefonning IMEI/seriya raqami, kirim va sotish narxlari, ta'minotchilar, kassalar va qoldiqlar, savdolar, qaytarishlar, qarzlar va to'lov jadvallari, izohlarBu xizmatning o'zi: ombor, savdo, qarzlar, kassalar va hisobotlar
Mijoz ma'lumotlari (do'kon kiritadi): faqat ismi va telefon raqamiDo'kon nasiya savdolari, qarzlar va xaridlar tarixini yuritishi uchun. Pasport, ID raqam yoki manzil yig'ilmaydi
Xatolik hisobotlari: xatolik matni va texnik tafsilotlari, ilova versiyasi, platforma (Android/iOS/Windows), vaqt, xatolik qaysi foydalanuvchi va do'konda bo'lganiXatoliklarni topish, tuzatish va ilova barqarorligini yaxshilash uchun. Faqat tizimga kirgan foydalanuvchilardan yuboriladi
Texnik ma'lumotlar: IP manzil va so'rov vaqti (xosting provayderimiz server jurnallarida); ilova yangilanishlarni tekshiradiXizmatni xavfsiz ishlatish, suiiste'mollarning oldini olish va yangilanishlarni yetkazish uchun

4. Qurilmangizda qoladigan ma'lumotlar

5. Nima qilmaymiz

6. Ma'lumotlar qayerda saqlanadi va kim qayta ishlaydi

Ma'lumotlarni faqat Venda'ni ishlatish uchun quyidagi xizmat ko'rsatuvchilar qayta ishlaydi:

Demak, ma'lumotlar O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida saqlanadi. Saqlash joyi o'zgarsa, ushbu siyosatni yangilaymiz.

7. Ma'lumotlarni qanday himoya qilamiz

8. Ma'lumotlar qancha saqlanadi

Ma'lumotSaqlash muddati
Do'kon ma'lumotlari va hisoblarDo'kon Venda'dan foydalanayotgan davrda. Obuna tugasa yoki to'xtatilsa, do'kon keyinroq davom ettira olishi uchun ma'lumotlar egasi o'chirishni so'ramaguncha saqlanadi.
Egasi o'chirgan do'konDo'kon darhol yopiladi va 30 kundan keyin hamma narsa butunlay o'chiriladi (shu 30 kun ichida egasi bekor qila oladi).
O'chirilgan hodim hisobiLogin, telefon raqami va kirish huquqi darhol o'chiriladi. Hodim qilgan savdolarda uning ismi qoladi, chunki bu yozuvlar do'konga tegishli.
Xatolik hisobotlari15 kun
Zaxira nusxalar14 kun — o'chirilgan ma'lumotlar o'chirilgandan keyin 14 kun ichida zaxiralardan ham yo'qoladi

9. Sizning huquqlaringiz

Siz ma'lumotlaringizni ko'rish, tuzatish, yuklab olish yoki o'chirishni hamda ularni qayta ishlashni to'xtatishni so'rashingiz mumkin. Do'kon egalari ilovada ma'lumotlarni Excel'ga yuklab olishi va do'konni o'chirishi mumkin (Sozlamalar → "Do'konni o'chirish"). Hodimlar o'z hisobini o'chira oladi (Sozlamalar → "Hisobni o'chirish"). Batafsil: Hisobni o'chirish.

Do'kon mijozlari avvalo o'sha do'konga murojaat qilishi kerak, chunki bu ma'lumotlar do'konga tegishli; biz do'konga so'rovni bajarishda yordam beramiz. Bizga istalgan vaqtda yozishingiz mumkin: venda.support@gmail.com. Imkon qadar tez, 30 kundan kechiktirmay javob beramiz.

10. Yosh chegarasi

Venda bizneslar va 18 yoshdan oshgan shaxslar uchun mo'ljallangan. Bolalarga qaratilmagan.

11. Siyosatdagi o'zgarishlar

Ushbu siyosat o'zgarsa, yuqoridagi sanani yangilaymiz. Muhim o'zgarishlar haqida ilovada ham xabar beramiz.

12. Aloqa

Xudoyorov Sarvarbek · venda.support@gmail.com

Ushbu siyosatning inglizcha varianti: /en/privacy.